(8361)222-84-07

AXBOROT TEXNOLOGIYALAR MARKAZI


    Filialda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi portalida faoliyat ko‘rsatayotgan http://performance.edu.uz hujjatlar ijrosini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali hujjatlarni qabul qilib olish yo‘lga qo‘yildi.
    ToshPTI Nukus filiali bo‘yicha elektron xujjat almashuvi bo‘yicha chora tabdirlar rejasi  ishlab chiqildi.
Axborot tizimlari, shu jumladan qog‘ozsiz hujjat aylanish ulushining ko‘payishini ta’minlashni hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanish maksadida,  xujjatlar ijrosi nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (ASKID) dasturi filial bo‘limlariga 2010 yil 23 apreldan boshlab joriy etilib, xozirgi kungacha samarali foydalanib kelinmoqda.
    Xujjatlar ijrosi nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (ASKID) dasturida xujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish qilish devonxona bo‘limi xodimlari tomonidan har kuni amalga oshirilib borilmoqda.
Xujjatlar ijrosi nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (ASKID) dasturiga kiritilgan xujjatlar ijrosini nazorat qilish  ichki nazorat va monitoring bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.
Elektron xujjat aylanish tizimini joriy qilishda quyidagicha ishlar amalga oshirildi.
    Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar xujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibida belgilangan topshiriklarning bajarilishini ta’minlash maqsadida, Vazirlikning nazorat guruhiga hisobotlar berilib kelinmokda.
    Hozirda filialda ikki ma’sul shaxslarda “E-Xujjat” aylanish tizimidan foydalanish kaliti mavjud bo‘lib ulardan xujjat almashish jarayonida foydalanilmoqda, shunindek Qoraqolpog‘ison Respublikasi “Kompyuterlashtirish markaziga” yana olti ma’sul shaxslarga “E-Xujjat” va “E-Xat” kalitiga buyurtma berildi.
    Filialda 5ta zamonaviy kompyuter sinflari mavjud bo‘lib, to‘liq lokal tarmoqqa ulanishi tashkil etilmagan. Har bir kompyuter sinfiga mas’ul shaxslar belgilangan.
    Filial fakultetlarining kompyuter sinflari joylashgan dars o‘tish xonalari texnik va estetik holati jihatidan talab darajasida tayyorlangan.  Bundan tashqari 5 ta auditoriya video proektor hamda kompyuter texnikasidan foydalanib dars o‘tishga moslashtirildi.
    Kompyuter va boshqa orgtexnika o‘quv vositalarini ta’mirlash bo‘yicha o‘quv-texnik uskunalar bo‘limi orqali texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
    Bugungi kunda universitetida jami kompyuterlar soni 271 tani tashkil etadi. Bulardan  251 tasi zamonaviy kompyuterlar 20 tasi ma’nan va texnik eskirgan kompyuterlar hisoblanadi. Ulardan 77 tasi internet tarmog‘iga ulangan, 96 tasi o‘quv jarayonida, 36 tasi ilmiy tadqiqotlar jarayonida foydalanilmoqda. 5 ta kompyuterlar sinfi jamlanmasi bo‘lib, ular talabalar ixtiyoriga berilgan. 30 ta kompyuter klinik bazalarda joylashgan kafedralarda o‘quv jarayonida foydalanmoqda.
    Filialda maxsus ajratilgan server xonasi mavjud bo‘lib, unda 1ta kommunikatsion shkaf, 1 ta server joylashtirilgan. Xonadagi elektr jihozlari zazemlenie qilingan. Bu xonadagi kompyuterlarda filial veb-serveri, ma’lumotlar bazasi serveri va videokonferensiya serverlari joylashtirilgan bo‘lib, maqsadli foydalanib kelinmoqda.
Axborot texnologiyalari markazi 5 shtat birligidan tashkil topgan bo‘lib,  5 nafar xodimlar ish yuritadi. SHtat birliklaridagi xodimlarning 5 nafari oliy ma’lumotli xodimlardir.