(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali
Печать

Axborot resurs markazi

 Kutubxona tarixi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali kutubxonasi 1991 yil tashkil etilgan. Dastlabki yillari kutubxona fondi 20 ming nusxaga yaqin adabiyotlardan iborat bo‘lib Toshkent, Samarqand va Andijon tibbiyot va farmatsevtika institutlari tomonidan sovg‘a tariqasida berilgan adabiyotlar bilan to‘ldirilgan. Axborot-resurs markazi fondi doimiy ravishda respublikada va BMH mamlakatlarda nashr qilingan adabiyotlar bilan birgalikda filialimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan chiqarilgan yangi darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan to‘ldirilib kelinmoqda.         Prezidentimizning 2017 yil 12 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271 sonli qarori, “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi qonun”, “Axborot-kutubxona muassasalarini badiiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlash haqidagi qonuni” kutubxonalar faoliyatida amalga oshirilayotgan rivojlanish va o‘zgarishlarga asos bo‘lmoqda. Respublika aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yangi turini shakllantirish, kutubxonalarning axborot-resurs markazi sifatida yangi mavqeyini belgilash, turli idoralarga tegishli axborot-resurs markazlarining o‘zaro hamkorligi va muvofiqligi bo‘yicha munosabatlarini mustahkamlash hamda milliy va xalqaro axborot hamjamiyatida o‘z o‘rnini egallab, asosiy huquqiy hujjat vazifasini bajaradi. Mamlakatimiz aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llari belgilab berilgan. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar, fan, ta’lim va madaniyatning yuksalishiga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga, axborot manbayi bo‘lgan kutubxonalarning faoliyatiga ham katta o‘zgarishlar kiritilishiga va zamon talablariga mos darajada rivojlanishiga zamin yaratdi. Axborot-kutubxona muassasalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ta’lim muassasa talabalarini hamda aholining zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil bilim egallashiga erishish, xalqaro kutubxonalar aro abonement tizimini yo‘lga qo‘yilishi, elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish orqali axborot-bibliografiya xizmatini ko‘rsatish uchun katta imkoniyatlar eshigi ochib berildi. Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi - 74966 nusxa kitoblardan iborat, shundan: darsliklar - 32272, o‘quv qo‘llanmalar - 15912, siyosiy adabiyotlar - 4462, ilmiy adabiyotlar - 1390, uslubiy qo‘llanmalar - 521, badiiy adabiyotlar - 20409 nusxadagi adabiyotlarni tashkil etadi. Axborot-resurs markazida 4 ta asosiy o‘quv zali talabalarga, ordinatorlar, professor-o‘qituvchilarga va aholiga xizmat ko‘rsatadi, 52 dona zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Foydalanuvchilarning keng qamrovli dunyoviy axborotlarga ega bo‘lishi uchun kompyuterlar lokal va Internet tarmoqlariga “Ziyonet” va boshqa ilmiy ma’lumotlar tizimlariga ulangan. Axborot-resurs markazining (ARM) elektron kutubxona bazasida barcha fanlardan darsliklar va qo‘llanmalar, ma’ruza matnlarining elektron nusxalari yaratilgan. “ARMAT” dasturi asosida adabiyotlarning elektron katalogini tuzish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda elektron katalogga kiritilgan bibliografik yozuvlar soni 5800 - nomda, 31080 - nusxadagi adabiyotlarni tashkil etadi.

 

parsha2

   2018 yilda Respublikamizda nashr etilayotgan 56 nomdagi, 74 nusxada gazeta va jurnallarga o‘quv zali uchun obuna tashkil etildi. Talabalar uyida ham ARM filiali mavjud bo‘lib, talabalarga zarur bo‘lgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. Yangi gazeta va jurnallar bilan muntazam ravishda to‘ldirib borilmoqda.