(8361)222-84-07
Печать

Bo'lim haqida

alisher

      MOLIYA-REJA BO’LIMI BOSHLIG’I

      Koylibaev Alisher Yakipbaevich
      1984 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi Chimboy tumanida tug’ilgan.
      Tel: 8(361) 222-84-81, (97) 500-44-46
      E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. , This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

BO’LIM VA UNING FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

   O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Byudjet ko’deksini tasdiqlash to’g’risida”gi O’RQ-360 qonuni asosida institutda byudjet mablag’larini sarflanishini nazoratini olib boradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o’quv yurtlarida o’qitish jarayonini zamon talablari darajasiga etkazish, ya’ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda «Reja-moliya» bo’limlari munosib hissasini qo’shib kelishmoqda.Shu qatorda, bizning bo’limimiz ham institut tashkil qilinganidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Zero, bo’limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy maqsad institutimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy ximoya qilish, o’quv jarayonini yuqori saviyada o’tishi uchun zaruriy o’quv jixozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash, talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo’yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, institutimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag’larning samarali sarflanishini ta’minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo’l qo’ymaslik bo’lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.
   O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, tadbirkorlik ishlari samaradorligini ta’minlash institut moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektori qoshidagi asosiy bo’g’inlardan biri Moliya-reja bo’limi zimmasiga ham yuklangan.
Moliya-reja bo’limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil o’tkazish, namunaviy shtatlar jadvalini to’g’ri yuritishni nazorat qilish hamda institut faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat.

Moliya-reja bo’limi xodimlarining tarkibi

Bo’limda ishlovchi xodimlar soni 2 kishidan iborat bo’lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:
• Bo’lim boshlig’i;
• I — darajali iqtisodchi;

Moliya-reja bo’limi xodimlarining vazifalari
• Bo’limga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo’lim boshlig’i, 1-toifali iqtisodchi bilan tashkiliy¬-amaliy ishlar bilan ta’minlanadi.
• Bo’lim faoliyatiga rahbarlikni bo’lim boshlig’i amalga oshiradi.
Bo’lim boshlig’ining vazifalari:
• bo’limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
• bo’lim boshlig’i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o’z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
• o’z ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Institut rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko’rsatmalari asosida ish olib borish;
• bo’limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo’l quygan xodimlarga nisbatan o’rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko’rish;
• Muassasa rahbarining topshirig’iga ko’ra mablag’larni sarflash bo’yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o’tkazish;
Byudjet va nobyudjet mablag’lar bo’yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;
• Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari bo’yicha rejalar bajarilishi to’g’risidagi 3-2 shakl hisobotini topshirish;
• 3-2 shakl va 4-ta’lim statistik hisobotlari topshirilgandan so’ng o’quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o’qituvchilar tarkibini aniqlash.

I-toifali iqtisodchining vazifalari:
• Namunaviy shtatlar jadvalini tuzish va shtat intizomini nazorat qilish;
• Xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
• Professor-o’qituvchi va xodimlarni moddiy rag’batlantirish xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
• Har chorakda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining 2013 yil 16 oktyabrdagi 6-мб-son qarori bilan tasdiqlangan 1-T shakli bo’yicha mehnat hisobotini Farg’ona shahar statistika bo’limiga topshirib borish;
• bo’lim boshlig’ining topshiriq va ko’rsatmalarini o’z vaqtida sifatli bajarish;
• Talabalar kontingentini har oyning 1-15 holatiga tuzib borish;
• Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga javobni kompyuterga kiritish va chop qilish va boshqalar.
II-toifali iqtisodchining vazifalari:
• Namunaviy shtatlar jadvalini tuzish va shtat intizomini nazorat qilish;
• Xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
• Professor-o’qituvchi va xodimlarni moddiy rag’batlantirish xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim etish;
• Har chorakda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining 2011 yil 24 oktyabrdagi 4-mb-son qarori bilan tasdiqlangan 1,2-xizmat shakli bo’yicha hisobotlarni Farg’ona shahar statistika bo’limiga topshirib borish;
• bo’lim boshlig’ining topshiriq va ko’rsatmalarini o’z vaqtida sifatli bajarish;
• Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga javobni kompyuterga kiritish va chop qilish va boshqalar.
Moliya-reja bo’limi xodimlarining huquq va majburiyatlari
• Moliya-reja bo’limini rektor tomonidan tayinlangan boshliq boshqarib boradi va unga shu bo’limdagi barcha xodimlar bo’ysinadi;
• Moliya-reja masalalari bo’yicha ko’rsatmalar va topshiriqlarni o’z vaqtida sifatli bajarish;
• byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari sarflanishini nazorat qilish;
• Moliya-reja masalalari bo’yicha yozishmalar olib borish;
• Mehnat intizomiga qat’iy rioya qilish va boshqalardan iborat.