(8361)222-84-07


     Mustaqillik yoshiga teng bo'lgan ToshPTI Nukus filiali respublikada tibbiyot ilmini rivojlantirishda, uning ilmiy salohiyatini boyitishga ma'lum darajada hissa qo'shib kelmoqda.
      Oliy malakali tibbiyot xodimlari tayyorlash tizimini va Orol buyi aholisini sog'lig'ini muhofaza qilishni yaxshilash maqsadlarida O'R Vazirlar

Mahkamasining 1991 yil 1-oktyabrdagi 251-sonli qarori bilan QDU Tibbiyot fakulteti ToshPTI Nukus filialiga aylantirildi.
      22 yil mobaynida tubdan o‘zgarishlar, rivojlanishlar, yutuqlar ruy berdi. Filial ochilganida fakultetta 100 ta talaba o‘qish boshlagan bo‘lsa, hozirgi kunda 1500 talaba va klinik ordinatorlar ta'lim olmokda.
    O‘tgan yillarda filialning moddiy-texnik bazasi boyib, filial tuzilmasiga yangi bo‘limlar kiritildi. Fakultetlar va kafedralar soni ortib bordi, yangi o‘quv metodlari o‘zlashtirildi va amaliyotda ishlatilmokda. Tibbiyot taraqqiyotida ilmiy izlanishlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy amaliyot shifokorlarining malaka oshirishi ta'minlanmoqda.
      O‘quv jarayoning samaradorligini oshirish maksadida ta'lim ishlari bilan bir qatorda talaba yoshlarni yuksak mana'viyatli, ma'naviy-aqloqiy Vatanga sodiq shifokorlar qilib tarbiyalash masalalariga ham jiddiy e'tibor qaratilgan.
      Filialimiz jamoasi o‘z ishlarida zamonaviy o‘qitish metodlarini ishlatish bilan bir qatorda o‘z ustida ishlab bilimlarini oshirib kelmoqda. Filial ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashmoqdalar.
      Filialda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan filialimizda zamonaviy moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va o‘quv sifatini oshirishda hissasi katta. Filialda o‘quv jarayoni uch tilda uzbek, qoraqalpoq, rus tillarida olib boriladi. Mashg‘ulotlar zamonaviy talabga moslashtirilgan tarzda olib borilmoqda. Filial bosh o‘quv binosida kutubxona yangidan rivojlantirildi va Axborot resurs markaziga aylantirildi.  
    Keyingi 10 yil ichida filialimizni rivojlantirishda tubdan o‘zgarishlar kiritildi. 2002 yil O‘zbekiston Sog‘likni Saqlash Vazirligining 44–sonli buyrug‘i asosida «Orol xududi bolalarini oziqlantirish ilmiy markazi»ga biriktirildi.
      Orol buyi xududidagi yosh bolalarning sog‘lom hayoti va oziqlantirilishi ustida filial xodimlari ijobiy ishlar tashkil kilmokdalar. 2004-yilda “Tibbiy profilaktika” va “Oliy malakali hamshiralar” fakultetlarining ochilishi filial tarixiga tubdan o‘zgarishlar kiritdi. “Tibbiy profilaktika” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi barcha xududlari uchun mutaxassislar tayyorlaydi.
      «Salomatlik» Jahon Banki loyixasi asosida 2003 yil «SHifokorlik o‘quv markazi» ochildi.       

      2012- yil “Stomotolgiya ishi” fakulteti ochildi.
      2005-yil filiada klinik ordinatura 28 yunalish buyicha ochildi.
      Bu markazga Qoraqalpog‘iston Respublikasi shifokorlik punktlari xodimlari kayta tayyorlash kursida o‘qitiladi.
      2012-yil filialda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiyot kollejlari pedagoglari malakasini oshirish markazi ochildi.
      Bu davrda MDH va O‘zbeksitonning boshka Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorliki alokalari rivojlantirildi.
      2004 yil Rossiya Davlat Tibbiyot Universiteti va 2011 yil Qozon Davlat Tibbiyot Universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari kuchaytirildi.
      Filial xodimlari TEMPUS Evropa ittifoqi dasturi asosida o‘z bilim va tajribalarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
     Bu yillarda filial ilmiy salohiyati sezilarli darajada o‘sdi. Filialda 18 fan doktori, 64 fan nomzodi ishlaydi. Yillar davomida filial xodimlari ona va bola sog‘ligini saqlash reproduktiv salomatlik borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va xalqaro TEMPUS loyihasi “Ekologik tibbiyot” o‘quv dasturini Fransiya, Latviya, Avstriya Sloveniya oliy ta'lim muassasalari bilan xodimlari bilan xamkorlikda ishlab chikdi.
      Filial xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 13-aprel Ona va bola salomatligini saqlash sog‘lom avlodni shakllantirish buyicha qo‘shimcha tadbirlarda foal qatnashdilar.
      Oxirgi yillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridagi 40 Qishloq vrachlik punktlari yo‘qori darajaga ko‘tarildi. Filial xodimlari shaxar va respublika jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmokda.
      Jumladan «Qovun sayli» va sport tadbirlarini tashkillashtirishda, «Yil ayoli» tanlovida ko‘krak bezi saratoni kasalligiga chalingan ayollarni qo‘llab-quvatlash aksiyasi marafonida katnashdilar. 2012 – yil «Asrlar sadosi -2012» festivalining ilmiy seminarini tashkil etdi.
      2010-yildagi filialning eng muhim voqeasi yangi o‘quv laboratoriya binosining ko‘rilishidir. Ushbu bino zamonaviy talabalarga va standartlarga asoslanib tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda katta hissa qo‘shadi degan umiddamiz.
      Filial moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kadrlar potensialini yo‘qori malakali mutaxassislar bilan ta'minlashda klinikalarni takomillashtirishda o‘quv jarayonini yaxshilashga boshqa tibbiyot oliygoxlari bilan o‘zaro hamkorlik alokalarini rivojlantirishda keskin ish olib borish rejalashtirilgan.
      22 yil davomida ToshPTI Nukus filalini tamomlagan 2000 dan ortiq pediatrlar, gigiena shifokorlari va 500 dan ortik klinik ordinatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘likni saqlash sohasida, O‘zbekiston Respublikasi barcha xududlarida va chet mamlakatlarda xizmat ko‘rsatmokdalar.
     Orol xududiga zarur bo‘lgan oliy malakali shifokorlarni tayyorlashda talaba yoshlarni iktidorli, vatanga sodiq shifokorlar etishtirishga katta hissa qo‘shmoqdalar.