(8361)222-84-07

slabo

Печать

ILMIY VA ILMIY–PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI

Written by mednf.uz Published on . Posted in Uncategorised

 

fon123456789

   Ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi mustaqil bo'lim sifatida filial strukturasi tarkibiga kiradi. Shuningdek, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar ham biriktirilib, ilmiy ishlar bo'yicha prorektor va filial direktoriga bo'ysinadi hamda ilmiy va ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash bo'lim boshlig'i tomonidan boshqariladi.

  Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to'g'risidagi qonunlari bilan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilmiy–texnikaviy taraqqiyot bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash qoshidagi fan va texnologiyalar markazining ko'rsatma va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi asosida boshqariladi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali shifokorlar tayyorlash bo’yicha yirik hududiy markaz hisoblanadi.
  Bugungu kunda filialimizda 220dan ortiq professor-o’qituvchilar, shu jumladan 25 fan doktori, 1 PhD va 49 fan nomzodlari faoliyat yuritmoqda.Hozirgi paytda Evropa, Koreya va Rossiya davlatlarining bir qator o’quv va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.