(8361)222-84-07

Klinik ordinaturada

                                KLINIK ORDINATURA BO’LIMI FAOLIYATI

  Klinik ordinatura – shifokorlarning uzluksiz professional ta’limini ko’p bosqichli tizimning qismi hisoblanib, kadrlarni qayta tayyorlash bo’limiga qarashli ta’lim turidir.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan klinik ordinaturaga qabul kvotasi belgilanadi: maqsadli (Viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmalari va boshqa tibbiy tashkilotlar ish beruvchilari bilan uch tomonlama shartnomasi bo’lganlar uchun) va umumiy tanlov (shartnomasiz) o’rinlardir. Maqsadli o’qitish uchun tanlov, mutahasissliklar bo’yicha ajratilgan o’rinlarning hududiy me’zonlariga asoslanib – Respublikaning bir hududida yashovchilar (keyinchalik ish bilan ta’minlanish ehtiyoji bolganlar) orasida o’tkaziladi.
Tanlov natijasida biror yo’nalish mutaxasissligi boyicha to’lmagan maqsadli o’rinlar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kadr ehtiyojiga qarab boshqa hududlarga taqsimlanadi.


Klinik ordinaturada o’qitishning asosiy maqdasi  mutahasisslik bo’yicha mustaqil faoliyat yuritadigan yuqori malakali mutahasisslar tayyorlash.

Klinik ordinatorlarning asosiy vazifalari:
• Tibbiyot ilmining metodologik, klinik, tibbiy va ijtimoiy asoslarini chuqurlashtirilgan holda organish
• Mustaqil professional faoliyatning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish

Klinik ordinatura bitiruvchilari – Sog’liqni Saqlashning barcha bo’g’ini stacionar va ambulator tizimida – o’qish jarayonida olgan bilim va ko’nikmalarini qo’llagan holda mutahasiss shifokor sifatida amaliy faoliyat bilan shug’ullanish huququga ega.

 

                                KLINIK ORDINATURAGA QABUL

  Klinik ordinaturaga O’zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan mutaxasisslik bo’yicha asosiy oliy tibbiy ta’limga ega shifokorlar va oldin klinik ordinaturani e’ki magistraturani bitirib boshqa turdagi ikkinchi mutaxasisslikni olish extiyoji bo’lgan shifokorlar qabul qilinadi. Ikkinchi tor mutaxasisslik bo’yicha klinik ordinatura to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul yilda bir marta o’tkaziladigan tanlov asosida olib boriladi.

 

                                KLINIK ORDINATURA BO’LIMINING VAZIFALARI

• Bo’lim klinik ordinatorlarni tayyorlash yuqori malakali mutaxasisslar (professor,docentlar) boshchiligida individual reja asosida olib borilishini nazorat qiladi.
• O’quv jarayonini barcha yo’nalishlarida nazorat qiladi va davomat va o’zlashtirishni tekshirib turadi;
• O’quv yili davomida yarim yillik, bir yillik (birinchi yil yakunida) va yakuniy attestaciyalar o’tkazishni ko’zda tutadi. Attestacion komissiya tarkibi etakchi olimlar (yarim yillik, yillik va yakuniy attestaciya) va kadrlarga extiyoji bolga tashkilotlar a’zolari (yakuniy attestaciya) ToshPTI Nukus filiali direktori buyrug’i bilan tasdiqlanadi, komissiyaning raisi etib muasassa ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari saylanadi.


                   KLINIK ORDINATURA BITIRUVCHILARINING ISH BILAN TA’MINLANGANLIGI

  Bo’lim maqsadli klinik ordinaturaga o’qishga kirgan shifokorlarni o’qishga qabul qilingunlariga qadar Sogliqni saqlashni hududiy boshqarmalari bilan tuzilgan shartnomasi ijrosini nazorat qiladi.

 

                             BO`LIM TARIXI

  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida klinik ordinatura bo’limi 2005 yilda tashkil topgan.
Hozirda ToshPTI Nukus filialida klinik ordinatorlar 32 mutahasisslik bo’yicha zamonaviy tashhislash va davolash usullarini qo’llaydigan zamonaviy jihozlangan klinikalarda joylashgan 9ta kafedrada faoliyat yuritmoqda. Klinik ordinaturada o’qish muddati 2 yil.
Klinik ordinatorlarni o’qitish va maxsus tayyorgarligi etakchi tibbiyot klinikalarida: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy markazi Nukus filiali, Respublika ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, Respublika ko’p tarmoqli bolalar tibbiy markazi, Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika endokrinologiya dispanseri, Respublikaliq kardiorevmatologiya dispanseri, Respublika onkologiya dispanserlarida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda klinik ordinaturada 32ta mutaxassislik quyidagi yo’nalishlarda 90 ta ordinator ta’lim olmoqda:
1. Neonatologiya
2. Pediatriya
3. Gematologiya
4. Endokrinalogiya
5. Otorinolaringologiya
6. Yuqumli kasalliklar
7. Ftiziatriya
8. Oftalmalogiya
9. Dermatovenerologiya
10. Psixiatriya
11. Narkologiya
12. Bolalar nevrologiyasi
13 Nevrologiya
14. Travmatologiya va ortopediya
15. Bolalar xirurgiyasi
16. Akusherlik va ginekologiya
17. Bolalar va o’smirlar ginekologiyasi
18. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
19. Terapiya (ichki kasalliklar)
20. Kardiologiya
21. Umumiy onkologiya
22. Shoshilinch tibbiy yordam
23. Bolalar yuqumli kasalliklari
24. Sud-tibbiyoti ekspertizasi
25. Pulmonologiya
26. Anesteziologiya va reanimatologiya
27. Bolalar yuqumli kasalliklari
28. Kasb kasalliklari
29. Umumiy xirurgiya
30. Reabilitologiya
31. Revmatologiya
32. Epidemiologiya