(8361)222-84-07
Печать

Fakultet haqida

    Davolash ishi fakulteti dastlab 1997 yil Qoraqalpog Davlat universitetida tashkil qilingan va 63 talaba qabul qilingan. Hozirgi kunda 520 talaba ta'lim olmoqda. Ta'lim muddati 7 yil. Fakultetda uch tilda ta'lim berilmoqda, - qo¬raqalpog', uzbek va rus. Barcha fanlardan o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilgan. Fakultetning bosh maqsadi oliy malakali umumiy amalyot shifokorlarini tayorlab berish. Fakultetda 16 yil davomida katta ishlar bajarilmoqda, davlat ta'lim standartlari asosida mutaxasislarni tayorlashni ta'minlash, o’quv rejalarni va dasturlarni, ta'lim integratsiyasini fan va ishlab chiqarish, ma'naviy va ma'rifiy ishlarini talabalar orasida tashkilloshtirishmoqda. Filialda talabalar o’qish davrida ilimiy izlanish, konferensiyalarga qatnashish, klinik ordinaturada o’qishini davom ettirish imkoniyatlariga ega. Fakultet bitiruvchilari pedagogik ishlarini filialda va boshqa oliy ta’lim muassasalarida olib bormaqdalar. Shu yillar davomida fakultetni 724 dan ortiq talabalar tamomladi, O’qushni tamomlagan talabalar O’zbekiston Respublikasining qishloq va shaxar hamda chet el davolash-profilaktik muassasalarda, ish olib bormoqdalar. Shu yillarda davolash ishi fakultetining dekanlari lavozimida Qoshkarov A.J., Qutlimuratov M.T, dekan o’rinbosari Qutlimuratov R.S., kotibi Davletmuratova N. ishladilar.

Hozirgi kunga kelib davolash ishi fakultetida 8 kafedra mavjud:
• Kimyo, biokimyo, klinik biokimyo kafedrasi;
• Normal anatomiya va biofizika kafedrasi;
• Fakultet va gospital terapiyasi kafedrasi;
• Umumiy jarrohlik, xirurgik kasalliklar kafedrasi;
• Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi;
• Akusherlik, ginekologiya va neonatologiya kafedrasi;
• Ichki kasalliklar propedevtikasi va endokrinologiya kafedrasi;
• Fakultet va gospital, xirurgiyasi kafedrasi
Kafedrada sog’likni saqlash muassasalari bilan birgalikda o’quv-metodik, davolash-diagnostik va profilaktik jarayonlarini yangilash borasida katta ishlar olib bormoqda.
Fakultet kafedralari kerakli bulgan auditoriyalarga, ma'ruza xonalariga, laboratoriyalarga va katta kutibxona fondlariga ega.