(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Tibbiy-profilaktika va farmatsiya

 

sawlemeldebekova

Tibbiy-profilaktika va farmatsiya fakulteti dekani

Meldebekova Saule Undashevna

+998905752804

+998999563002

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 Qabul vaqti: Har kuni 1500-1700

 

Kewlimjay O’quv ishlari boyicha dekan muovini

Mambetniyazov Keunimjay Sarsenbayevich

+998934860083

+998999530083

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

Fakultet tarixi va fakultet haqida umumiy ma’lumotlar

   Fakultet 2004-yili 28-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 297 sonli buyrug‘i asosida ToshPTI Nukus filiali bazasida ochildi.Fakultet ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi «Oliy ta’lim muassasasi fakulteti nizomi» haqidagi 487 sonli buyrug‘i asosida yuritiladi.«Tibbiy profilaktika va oliy hamshiralik ishi» fakulteti, tibbiy-profilaktika bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga dastlab 17 talaba, oliy hamshiralik ishi ta’lim yo‘nalishiga 8 talaba qabul qilingan. Fakultetning birinchi dekani B.Absametov hisoblanadi. O‘tgan davr davomida fakultet dekani sifatida K.Utemuratov, S.U.Meldebekova, Q.Xojambergenov, D.P.Xakimov, Q.B.Doshmuratovlar faoliyat olib bordi. O‘tgan davr moboynida fakultetning «Tibbiy profilaktika ishi» ta’lim yunalishini 270 talaba, «Oliy hamshiralik ishi» ta’lim yunalishi buyicha 275 talaba o’qib tugatib, O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida va qushni davlatlardagi davolash va tibbiy profilaktik muassasalarda samarali mehnat qilmoqda.Hozirgi vaqtda fakultetda jami 300 talaba bo‘lib, ulardan 101 (33,6%) davlat granti asosida va 199 (66,4%) talaba kontrakt asosida ta’lim olmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-yanvar 15-sonli qaroriga asoslanib, 2017-2018 o‘quv yilidan ToshPTI Nukus filialida Farmatsiya ta’lim yo’nalishi ochildi. Bu yo’nalish tibbiy profilaktika fakultetiga biriktirilib, fakultet nomi «Tibbiy profilaktika va farmatsiya» deb qayta nomlandi. Hozirgi vaqtda fakultetda 2 ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim beriladi. «Tibbiy profilaktika ishi» yo‘nalishida o‘qish muddati 5 yil, ta’lim berish qoraqalpoq, o‘zbek va russ tillarida olib boriladi. «Tibbiy profilaktika» fakultetini tamomlagandan keyin bitiruvchilarga «Vrach umumiy gigienist-epidemiolog» kvalifikatsiyasi bo‘yicha «bakalavr» darajasi beriladi va keyinchalik quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borishlari mumkin:Tashkiliy boshqaruv;Tibbiy-ijtimoiy;Tibbiyot profilaktikasi;Ilmiy tadqiqot;Pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishi mumkin.Tibbiy-profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalvr kasbiy tayyorgarlikdan keyin: Gigiena(yo‘nalishlar bo‘yicha) tanlov mutaxassisliklari;Sog‘liqni saqlashni boshqarish (jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish);Tashxisning instrumental va funksional usullari (yo‘nalishlar bo‘yicha);Morfologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha);farmakologiya magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda o‘qishni davom ettirishi mumkin.«Farmatsiya» ta’lim yo‘nalishida o’qish muddati 5 yil bo‘lib, ta’lim berish qoraqalpoq, o‘zbek va russ tillarida olib boriladi.«Farmatsiya» ta’lim yo‘nalishini tugallagan bitiruvchilarga – «Bakalavr» malakasi (daraja)si hamda oliy ma’lumot tug’risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat beriladi.Farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari quyidagicha: Ilmiy tadqiqot; Ishlab chiqarish; Tashkiliy boshqarish; Foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish; Pedagogik (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi tizimida);Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi buyicha bakalvr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya,Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish magistratura mutaxassisligi buyicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda o‘qishni davom ettirishi mumkin.

 

«Tibbiy-profilaktika va farmatsiya» fakulteti tarkibida quyidagi 5 kafedra mavjud:
• «Tillar» kafedrasi;
• «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi;
• «Yuqumli kasalliklar» kafedrasi;
• «Umumiy gigiena»" kafedrasi;
• «Epidemiologiya» kafedrasi;
Fakultet kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning tarkibi haqida ma’lumot

kartinka 123

  Fakultet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga quyiladigan umumiy talablardan kelib chiqib, bulajak vrachlarda kasbiy etika va klinik fikrlash kunikmalarni shakllantirish katta ahamiyat kasb etadi.Fakultet dekanati uziga biriktirilgan kafedralar bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan talabalarni yuksak ma’naviatli va har taraflama raqobatbordosh kadrlar qilib tarbiyalash maqsadida ularning ilmiy faoliyatini shakllantirishga alohida etibor beriladi. Shu maqsadta fakultet tarkibidagi kafedralarda sport va mutaxassislik bo‘yicha ilmiy tugaraklar tashkilashtirilgan bo‘lsa, fakultet huzuridan sportning shaxmat, shashka va voleybol turlaridan sport tugaraklari tashkillashtirilib faoliyat yuritmoqda.