(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali
Печать

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarori

Written by mednf.uz Published on . Posted in Uncategorised

Umumiy tushuntirishlar

1. Nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) bakalavriatga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2.Test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning test sinovlari o‘g‘kazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.
3.Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena 15:00 da boshlanadi.
4.Abiturent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
5.Abiturentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi.
6.Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.
7.Test topshiriqlar bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi.
8.Abiturentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda oliy ta’lim muassasalariga etkaziladi.
9.Test sinovlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarda, shuningdek katta sig‘imdagi boshqa binolarda viloyat markazlarida esa – olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi.
10.Binoda test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, 30 nafar abiturent uchun bitta videokuzatuv tizimi o‘rnatilishi, jarayonni abiturentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.
11.Test sinovlari jarayonida abiturent quyidagi xuquqlarga ega:
- test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
- test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.
12.Abiturent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli xududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abiturent ruhsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlar mosligini tekshiradi;
- test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar beradi;
- javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldiradi;
- test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga familyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yadi;
- javoblar varaqasi raqamini abiturent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga to‘g‘ri ko‘chirib imzo qo‘yadi;
- titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga to‘g‘ri ko‘chirib yozadi va tegishli doirachalarni bo‘yaydi.
13.Abiturent yuqorida ko‘rsatilgan majburiyatlardan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
- javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;
- javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;
- javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy xujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;
- belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarni bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
14. Har bir test topshirig‘iga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.
15. Abiturient tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasi bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yohud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.
16. Abiturientning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abiturientlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvchi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
17. Quyidagi hollarda abiturient test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
- test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shporgalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
- test materiallari boshqa abiturientga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
- test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varog‘ini yirtsa;
- test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
- test sinovlari jarayonida video kuzatuvlar orqali abiturientning tartib va qoidalariga amal qilmaganligi aniqlansa.