(8361)222-84-07

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi

Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida NIZOM"ga muvofiq amalga oshiriladi

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta‘lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta‘lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta‘minlash; 
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma‘lum qilish;
ye) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta‘minlash;
j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompьyuterlashtirishga sharoit yaratish.
Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug‘i