(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali
Печать

TechReh.Reabilitatsiyada texnologiyalar.

Written by mednf.uz Published on . Posted in Uncategorised

Loyihaning ruyxatga olingan raqami:

561621-EPP-1-2015-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP

Loyixaning bajarilish muddati:

15.10.2015. – 14.10.2018yy.

Loyixa byudjeti: 81300 evro
Grant beruvchi: Sannio universiteti (Italiya)

Evropa davlatlaridan hamkorlar:

Plovdiv tibbiyot universiteti (Bolgariya)
Fizikaviy va reabilitatsion tibbiyot Evropa
assotsiatsiyasi (Estoniya)
Per va Mariya Kyuri universiteti (Fransiya)
Vilnyus universiteti (Litva)
PLUX-Wirtltss Biosignals, S.A. (Portugaliya)

O‘zbekiston bo‘yicha hamkorlar:

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
TATU Qarshi filiali
O‘zR OO‘MTV ta’lim muassasalariga elektron ta’limni joriy etish markazi
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Loyiha maqsadi:

Zamonaviy reabilitatsiya usullari ehtiyojidan kelib chiqqan holda O‘zbekistondagi universitetlar va tibbiy markazlar salohiyatini ko‘tarish.
Kutilayotgan natijalar:
TechReh loyihasi 3ta asosiy natijaga tayanadi:
1. Simsiz kompyuter tarmog‘i, reabilitatsiya markazida davolangan bemorlarning kundalik hayotini monitoring qilish tizimi, virtual reallik va psixologik reabilitatsiya kabi Innovatsion texnologik usullarni qo‘llash bo‘yicha tibbiy reabilitatsiya sohasida shifokor va tibbiy xodimlarni tayyorlash uchun magistrlik dastur ishlab chiqish;
2. Boshqarish tizimi veb-platforma orqali amalga oshiriladi. Bu doimiy suhbat, reabilitatsiya sohasida ta’lim-innovatsiya-fanni o‘z-aro ta’sirini qo‘llashga, tarqatishga imkon beradi. SHunday qilib, elektron ta’lim metodikasi bo‘yicha bir nechta magistrlik modulga yordam ko‘rsatadi va xalqaro tarmoqni rivojlantirish uchun maxsus vositalar (forum, chat, ma’lumotlar bazasi va x.k.) etkaziladi;
3. O‘zbekistondagi har bir hamkor oliy ta’lim muassasasida doimiy faoliyat yurituvchi yagona ofisning tashkil etilishi tibbiy reabilitatsiyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish imkonini beradi.