(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Respublikamizning eng chekka tumanlaridan institutimizga 75 nafar yoshlarimiz talaba bo‘lish baxtiga erishdi.

Written by mednf.uz on .

moynaq75grnatfon Xabariңgiz bor, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev joriy yilning 15-16-noyabr kunlari respublikamizga qilgan safarida Moynaq tumaniga borib, mahalliy xalq bilan uchrashgan edi.Uchrashuvda davlatimiz rahbari kelajak egalari bo‘lgan yoshlar bilan suhbatlashib, o‘larning maqsad va intilishlarini tiңglab, yuqori baho bergan edi.

Prezidentimizning yurtimizga safari davomida o‘tkazilgan kengaytirilgan majlisda Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish bo‘yicha bir necha takliflar bildirib, shular qatorida tumanda yashayotgan 25 nafar yoshlarni tibbiyot va 25 nafar yoshlarni pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalarida davlat grant asosida o‘qishga qabul qilishni alohida topshiriq etib bergan edi.
SHundan kelib chiqib, 2018-2019 o‘quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialiga xujjat topshirib tanlovda o‘ta olmagan va kirish imtixonlarida maksimal ballning 30 foizi(56,7 ball)dan kam bo‘lmagan natijaga erishgan Qoraqalpog‘istan Respublikasining olis va etib borishi qiyin bo‘lgan hududlarida 10 yil ishlab berish sharti bilan, 25 nafar davlat granti va 25 nafar to‘lov-kontrakt asosida va alohida Muynoq tumaniga 25 nafar davlat grant asosida o‘qishga qabul etish bo‘yicha Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda choralar boshlangan edi.
14-dekabr kuni filial majlislar zalida talaba bo‘lishdek baxtiga erishgan yoshlarga talabalik guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

moynaq75grant
Majlisga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, Vazirlar Kengashi rahbarlari, o‘qishga qabul qilingan talabalar, o‘larning ota-onalari va jamoat vakillari qatnashdi.
So‘zga chiqqanlar bunday choralar Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston yoshlariga, ayniqsa, eңg olis tumanlarning biri bo‘lgan Muynoq yoshlariga bo‘lgan etibor va ishonchining amaliy ko‘rinishi ekanligini alohida aytib o‘tdi.
— Muynoqli L.Uzaqbaeva Men institutga kirish test imtixonlaridan to‘plagan ballim ozgina etmay talaba bo‘lish baxtiga erisha olmay qoldim, mana bugin Prezidentimizniңg qo‘llab-quvvatlashi natijasida filialning Davolash ishi yo‘nalishiga Prezidentimiz va hukimatimiz rahbarlarining shunday g‘amxorligi natiyjasida men davlat grant asosida o‘qishga qabul qilindim va o‘z orzuimga erishdim — deydi filialning Davolash ishi yo‘nalishi talabasi. Bildirilgan ishonchni oqlab, yurtimiz rivoji uchun xalqimizning sog‘lig‘ini saqlash uchun mehnat qilaman.
Tadbirda talabalarning ota-onalari so‘zga chiqib, Prezidentimiznign kelajak egalariga qaratayotgan etibori Muynoqni, Qoraqalpog‘iston Respublikasini yanada rivojlantirish uchun katta qadamlardan biri bo‘lganligin, bundan tuman xalqi va yoshlari juda xursand bo‘lganligin alohida to‘lqinlanib gapirdilar.