(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Filialda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 26 yilligi nishonlandi

Written by mednf.uz on .

konstitutsiya26jilfon Filialda 2018 yil 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuvga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi ko‘mita raisi Z.Ziyadullaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.Temirxanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining sud’yasi A.Nurlepesov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi.
Uchrashuvni filial direktori O.A.Ataniyazova kirish so‘z bilan ochdi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 26 yilligi bilan qutladi.
SHundan sung, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining ko‘mita boshlig‘i Z.Ziyadullaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.Temirxanov, QR Ma’muriy sudining sudyasi A.Nurlepesov so‘zga chiqib, o‘tgan qisqa vaqt ichida davlatimiz erishgan hamma yutuqlar, xalq manfaati uchun xizmat qilishi yangi islohotlarning amalga oshirilishida asosiy Qonunimiz Konstitutsiyaning roli katta ekanligini aytib o‘tdi.
Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yilning eng yaxshi professor-o‘qituvchisi, shifokori va o‘z ishlarida faollik ko‘rsatib kelayotgan filial xodimlariga faxriy yorliqlar topshirildi.

konstitutsiya26jil

Uchrashuv sungida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari berdi va tegishli mutaxassislar tomonidan javoblar olindi.