(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Deputat bilan yuzma-yuz (Press klub)

Written by mednf.uz on .

Siyosiy partiyalarning jamiyatimizdagi o’rni va ro’li, mamlakatda yuz berayotgan demokratik yangilanishlarga ta’siri kuchayib bormoqta.

 Siyosiy partiyalar va partiyaning deputatlik guruhi o’zining ustavi, dasturi va saylov oldi platformasida partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, hududlarda o’z echimin kutib turgan eng ahamiyatli muammolarni parlament va mahalliy Kengashlarga olib chiqishni maqsad etib qoyadi. ToshPTI Nukus filialida “Deputat bilan yuzma-yuz” nomli press klub shaklida o’tkazilgan uchrashuvda ana shunday ma’lumotlar berildi.

Unga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi filial direktori Ataniyazova Oral Aminovna, Qonunchilik palatasi deputatlari Bekatova Zumrad Raximbaevna, Abdijamilov Joldasbay Zinatdinovich va ommaviy axborot vositalari xodimlari va talabalar ishtirok etishdi. Uchrashuvda asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi so’ngi o’zgarishlar, yangidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va ularning ahamiyatlari muhokama qilindi. Ularning ichida barchani, asosan, talaba yoshlarni qiziqtirgan va ularning o’qish jarayoniga taalluqli ikkinchi o’qilishga tayorlanayatgan yangi qonun loyihasi haqidagi ma’lumot bo’ldi.

Shuningdek, “O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi” ning “Yoshlar qanoti” tomonidan olib borilayotgan ishlar va Respublikamiz hududida tarixiy esdaliklarda restavratsiya ishlarining olib borilishi ijtimoiy tarmoqlarda turli xil muhokamalarga sabab bo’layotganligiga deputatlar o’z munosabatlarini bildirishdi.  Uchrashuvda berilgan hech bir savol, hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi.