(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

"Biz sog'lom turmush tarafdorimiz"

Written by mednf.uz on .

7-aprel “Butun jahon salomatlik kuni” munosabati bilan ToshPTI Nukus filiali talabalari aksiya o’tkazdi.“Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” deb nomlangan aksiya doirasida,

 

Filialning pediatriya mutaxassisligi talabalari Nukus shahridagi I.Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati, progress markazi va № 9, 37- sonli umumta’lim maktablarida bo’lib, o’quvchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazdi.
Bundan so’ng, Davolash ishi mutaxassisligida o’qiyotgan talabalar shahar markazidagi “Mega Nukus” savdo majmuosida salomatlik maydonchasini tashkillashtirdi va gimnastrada mashg’ulotlarini o’tkazdi. Shuningdek, savdo majmuosiga kelgan fuqarolarning qon bosimini o’lchash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishdek hayrli ishlarni amalga oshirdi.

Aksiya doirasida klinik ordinatura talabalari ham O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialiga tashrif buyurib, ushbu o’rinda o’qiyotgan talabalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazib, kerakli maslahatlar berdi.
Ushbu kuni TashPTI Nukus filialida tahsil olayotgan barcha talabalar aksiyada faol ishtirok etishdi. 2-o’quv binosi oldida o’tkazilgan gimnastrada mashg’ulotlari bo’lajak shifokorlarning sog’likni mustahkamlashda sport bilan doimiy shug’illanish kerakligiga eng avvalo o’zlari amal qilishlarini ko’rsatib berdi.