(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

ToshPMI Nukus filiali xalqaro fakultetining o'quv rejalari tasdiqlandi

Written by mednf.uz on .

O'tgan oyda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida Rossiya Federatsiyasining Sank-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Janubiy Koreya Respublikasining Koryo universiteti bilan hamkorlikda xalqaro fakultet ochilgan edi.

 15-aprel kuni  Sank-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti rektori D.O.Ivanov va ushbu universitet prorektorlari ToshPTI Nukus filialiga tashrif buyurdi.  Filial direktori va D.O.Ivanov yangidan ochilgan fakultetga talabalarni qabul qilish, magistratura va klinik ordinatura mutaxasisligi bo’yicha o’qitishning xalqaro ta'lim standartlari asosida olib borish maqsadida tuzilgan o'quv rejalari va dasturlarini birgalikda tasdiqladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali va Sank-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan birgalikda tasdiqlangan o'quv rejalariga muvofiq 2019-2020 o'quv yilida klinik ordinatura bo’yicha 3 yo’nalishta. Yani, pediatriya mutaxasisligi bo’yicha 2, bolalar xirurgiyasi mutaxasisligi bo’yicha 2 va xirurgiya mutaxasisligi bo’yicha 2 jami 6 qabul kvotasi belgilandi.

Malumot o'rnida, 2019-yil 26-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida Rossiya Federatsiyasining Sank-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Janubiy Koreya Respublikasining Koryo universiteti bilan hamkorlikda xalqaro fakultetni tashkil etish to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosidaToshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida 2019-2020 oquv yilidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Sank-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Janubiy Koreya Respublikasining Koryo universiteti bilan hamkorlikda xalqaro fakultet ochildi.