(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiklari bilan uchrashuv

Written by mednf.uz on .

Shu yilning 6-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiklari A.Saidov va Q.Abduraxmanovlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

 Unga Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisining o’rinbosori A.Xamraev, qomita raisi S.Turmanov va filial professor-o’qituvchilari,  talaba yoshlari qatnashti.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi qo’mita raisi, akademik A.Saidov bugungi kunda davlatimizning barcha soxalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli isloxatlarda yoshlarning ro’li va milliy qa’driyatlarimizning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati haqida aytib o’tdi. Shuningdek, akademik tarixiy obidalar haqida ham so’z etib, ayniqsa, Qoraqalpog’iston hududi tarixiy maskanlarga boy ekanligi va ularni o’rganib borish har bir yosh avlodning vazifasi ekanligini tushuntirib o’tdi.

Bunnan so’ng G.Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali rektori, akademik Q.Abduraxmanov ham ma’ruza qilib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida etuk kadrlar tayyorlashda ta’limning ahamiyati, iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan bog’likligi, integratsiyasi haqida tushuntirib o’tdi. Jumladan mehnat fiziologiyasi, mehnat psixologiyasi kabi yo’nalishlar tibbiyot xodimlari tomonidan o’rganib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligi to’g’risida ham aytib o’tdi. 

Uchrashuv so’ngida talaba yoshlar barcha qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldi va ularga akademiklar A.Saidov, Q.Abduraxmanovlar o’z qa’lamiga tegishli ilimiy kitoblarini sovg’a qildi.