(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Koryo universitetining professor-o’qituvchilari va talabalari ToshPTI Nukus filialida

Written by mednf.uz on .

Shu yilning 12-iyul kuni Janubiy Koreya Respublikasining Koryo universitetidan kelgan delegatsiya a’zolari ToshPTI Nukus filialiga tashrif buyurishti.

 

 

 Filialning majlislar zalida “Atrof muhitni muhofaza qilish va saqlash” nomli xalqaro anjumon bo’lib o’tdi. Unga Koryo universiteti va ToshPTI Nukus filiali professor o’qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etishti.

Anjumonning asosiy maqsadi: Respublikamizdagi ekologik muammolarni o’rganish va ularni bartaraf qilish yo’llarini izlash, shuningdek, hamkorlikni yana ham kuchaytirishdan iborat hisoblanadi.

Anjumon davomida Koryo universiteti talaba yoshlari Yaponiya bosqini va Koreya urushidan so’ng yuzaga kelgan ekologik ahvolni 50 yil ichida qanday qilib bartaraf etkanligi haqida va Koreya Respublikasi iqtisodiyatining jadal rivojlanishi bilan ekologik muammolarning ham paydo bo’lishi va ularni bartaraf qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o’tishti.

Shuningdek, ToshPTI Nukus filiali talabalari tamonidan Orol dengizi tarixi, flora va fauna dunyosi, dengizning qurib qolishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik holatlar va ularni bartaraf etish maqsadida almalga oshirilayotgan ishlar va dengizning hozirgi holati haqida aytib o’tishti. Anjumanda har qanday ekologik muammoni jumladan, Orol muammosini ham hal qilish mumkin ekanligi, buning uchun barcha birgalikda harakat etish kerakligi alohida aytib o’tildi. Anjumon talaba yoshlar orasida savol-jabovlar bilan davom etdi.