(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Qoraqalpog‘istonda- yuqori tibbiy ta’lim tizimi muvafaqqiyotli rivojlanmoqda

Written by mednf.uz on .

 fon instetutaBarchamizga ma’lum, bundan 28 yil oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali ochildi. Ushbu mustaqillik davrida bu institut yuqori natijalarga erishib, yurtimizning eng namunali oliy ta’lim muassasasiga aylanib bormoqda. Filial direktori,  O.A.Ataniyazovaning ta’kidlashicha-bugungi kunda samarali ish olib borish uchun yosh kadrlarni xalqaro standartlarga mos tayyorlashda mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan.

 

  Buning yaqqol misoli tariqasida filialda Rossiya, Janubiy Korea bilan hamkorlikda ochilgan xalqaro fakulteti, institut filialiga qarashli zamonaviy namunada qat ko‘tarayotgan «Xalqaro yuqori texnologiya innovatsion klinikasi» qo‘shma xalqaro ilmiy, magistratura va doktorantura dasturining mavjudligini e’tirof etsak arziydi. Mana shunday tinimsiz mehnat orqasida, 2019 yil avgust oyida e’lon qilingan Webometrics xalqaro reyting tizimi asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha 3 o‘rinni egallab mamlakatimizning eng namunali oliy o‘quv yurtlari qatoriga kirdi. Bu xalqaro reyting tizim bo‘yicha birinchi o‘rinni O‘zbekiston milliy universiteti, ikkinchi o‘rinni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti egalladi.
SHuni ta’kidlab o‘tish joiz Webometrics xalqaro reyting tizimi (Webometrics Ranking of World Universites) Ispaniyada 2004 yil tashkillashtirilgan va bugungi kunda dunyo miqyosida eng taniqli xalqaro mustaqil ilmiy reyting tizim hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarining reyting natijalari, ilmiy ishlari, ilmiy maqolalari, veb-sayt sifati va boshqa mustaqil ko‘rsatgichlar orqali ekspertlar guruhi tomonidan belgilanadi.
  Oral Ataniyazovaning fikri bo‘yicha – «Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali jamoasi uchun bu albatta katta muvafaqqiyat. Prezidentimizga oxirgi yillarda oliy ta’lim muassalariga ko‘rsatayotgan e’tibori, imkoniyatlar uchun cheksiz minnatdormiz. Bizning oldimizga qo‘ygan eng oliy maqsadimiz, dunyoning TOP 1000 oliy ta’lim muassasalari qatoriga erishib jonajon O‘zbekistonimizning obrusiga hissamizni qo‘shish».