(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kafolatlanadi

Written by mednf.uz on .

Filialimizda shu yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xotin-qizlarni taziyq va zo‘rovonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonuni hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi Qonunning mazmun-mohiyatini talabalarga tushintirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

 


Unga Nukus shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV dan, Nukus shahri «Nao‘qan bag‘» MFY dan tegishli xodimlar va talabalar ishtirok etdi.


Uchrashuvda asosan xotin-qizlarni taziyq va zo‘rovonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi shuningdek xotin-qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi 2019 yil 17 avgustta qabul qilingan Qonunlarning ahamiyati haqida keng tushincha berildi. Qonunga muvofiq taziyq va zo‘rovonlikdan jabrlangan shaxslar tegishli idoralarga yoki sudga murojaat etishi, bepul huqiqiy maslahat olishi, ijtimoiy psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish singari huquqlarga ega ekanligi aytib o‘tildi.


Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan tegishli javoblar oldi.