(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Din va ilm bir-birini inkor qilmaydi

Written by mednf.uz on .

13 sen13-sentyabr kuni filialda talaba-yoshlar orasida din bo‘yicha sog‘lom fikr yuritishni shakllantirish va ularning har xil guruh va diniy oqimlarga qarshi g‘oyaviy immunitetini mustahkamlash maqsadida din va ularning ta’limotlari bo‘yicha to‘g‘ri va yaxshilik yulida foydalanish maqsadlarini o‘zida mujassam qilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Uchrashuvga filialning o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M. Qurbanazarov, Imom ishon Muhammad jome masjidi imom movini A.Jolao‘shiev, Nukus shahar «Nuroniy jamg‘armasi» bosh mutaxassisi B.Ziyo‘atdinov, Respublika ma’niviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘limi mutaxassisi B.Atashev, Nukus shahri hokimining din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi N.Nizamatdinov hamda filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.


Uchrashuvda so‘zga chiqganlar so‘ngi yillarda butun dunyoda jadal rivojlanib borayotgan barcha jarayonlar haqida aytar ekan ayniqsa, yoshlar ongin egallashga bo‘lgan har xil guruhlarning yovuz g‘oyalariga qarshi kurashishda jaholatga qarshi ma’rifat bilan ishlashimiz lozimligini, shuningdek jamiyatimizda uchrab turgan salbiy illatlar haqida ta’kidlab o‘tdi. So‘ngi paytlarda diniy tushinchalarni o‘z manfaatlari yo‘lida notug‘ri targ‘ib qiluvchilar tomonidan mobil telefonlarga kelayotgan har xil sms xabarlar va tarqatmalar aks ettirilgan videorolik yig‘ilganlarga namoyish etildi.


Uchrashuv so‘ngida mutaxassislar, hayotimizdagi ayrim vaziyatlarda din va ilm bir-birini inkor qilmaydigan aksincha rivojlantiradigan jarayon ekanligini tushintirdi hamda talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldi.