(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

2020 yilda Oliy ta’lim sohasini qanday islohatlar kutmoqda?

Written by mednf.uz on .

murajatnomaBarchamizga ma’lum shu yilning 24-yanvar sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga navbatdagi murojatnomasini yo’lladi.

 

 

 

Murojatnomada mamlakatimizning barcha sohalari oldiga ushbu yil davomida amalga oshirish lozim bo’lgan ishlar va ustuvor vazifalar qo’yildi. 

Hosh, 2020 yil davomida Oliy ta’lim sohasini qanday islohatlar kutmoqda? Ta’lim tizimida qanday o’zgarishlar yuz beradi? Barchamizga birdek qiziq bo’lgan bu savollarga quyda atroflicha javob izlaymiz.

Prezidentimiz o’z murojatnomasida Oliy ta’lim sohasi haqida gapirar ekan, mamlakatimizda 2019 yil davomida 19 ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etilgani va ulardan 9 tasi etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari ekanligiga ahamiyat qaratdi. Shuningdek, o’tkan yil davomida 141 ta qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 146 500 nafar talaba qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.

Murojatnomada 2020 yil davomida amalga oshirilishi nazarda tutilgan ishlarga to’qtalsak:

- 2020/2021 o‘quv yilida davlat grantlari ikki barabor ko‘paytiriladi.

- Qizlar uchun alohida grantlar ajratiladi.

- Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartiriladi.

- Oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillik beriladi.

- Har bir oliy ta’lim muassasasi nufuzli chet el universiteti bilan hamkorlik qiladi.

- Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilanadi. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o‘qish muddati uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari:

1. Musiqa ta’limi;
2. Jismoniy madaniyat;
3. Texnologik ta’lim;
4. CHaqiriqqacha harbiy ta’lim;
5. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
6. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.

- Yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi.

- Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida, Milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi".

- Professor-o‘qituvchilar davlat granti hisobidan xorijda malaka oshiradi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi 700 nafar ziyoli olimlar, professorlar va tadqiqotchilar davlat granti hisobidan xorijga malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu keyinchalik ikki barobarga oshiriladi”.

- Olimpiya sport turlari bo‘yicha chempion talabalarni tayyorlagan o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri navbatdagi ilmiy unvon beriladi.

Albatta, murojatnomada ko’rsatilgan islohatlar yurtimizda soha rivojiga katta hissa qo’shadi. Shuningdek, professor-o’qtuvchilarga, talabalarga va abiturientlarga katta imkoniyat yaratadi.