(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Vatanni sevmoq – oliy saodat

Written by mednf.uz on .

Joriy yilning 29 yanvar kuni ToshPTI Nukus filialida Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV hodimlari va talaba yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Uchrashuvga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, uning o‘rinbosarlari vazir maslahatchisi va talaba yoshlar qatnashdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor natijasida ularga yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanib ertangi kuni davlatimizning mavqeini dunyo hamjamiyatida yana ham ko‘tarish uchun bugungi kunda terang bilim egallash lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan atroflicha javoblar oldi. Shuningdek, uchrashuv davomida jamoat ishlarida va jinoyatchilik huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan bir nechta talaba yoshlarga vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.

Tadbirning ikkinchi qismida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlarining maxsus avtotransportlari qurol yarog‘lar ko‘rgazmasi va alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.


Albatta, bunday tadbirlarning o’tkazilishi yoshlarni vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ulardagi vatanga bo’lgan muhabbatni yana ham kuchaytirishga hissa qo’shishi ta’biiy.