(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Ilim – jamiyatda yuzaga keladigan barcha muammolarni echishning eng samarali usullarini berishi kerak

Written by mednf.uz on .

- Albatta, har bir inson o’zining sohasi bo’yicha aytilgan masalalarga, qo’yilgan vazifalarga, ochib ko’rsatilgan muammolarga alohida e'tibor qaratadi.

 

 

 

O’zimiz pedogogik sohasida ishlaganlikdan ayni kasblik sohasi bo’yicha ko’tarilgan masalalar alohida etiborimizni tordi. Prezidentimiz dunyo keng jamoatchiligidan o’rin olgan masalalarning biri bo’lgan yaniy, turli kasb sohalarida o’rta va kichik bug’indagi mutaxasislar tayyorlash masalasiga alohida etibor qaradi. Sir emas, biz bir vaqitlari akademik litsey, kasb-hunar kolledjlarini ilgari surib, ushbu ta’lim muassasalari orqali ushbu muammoni echishga harakat etdik. Ammo, tajribasizligimizdanmi, yoki, qo’yilgan masalalarni etarlicha tushunib, talab darajasida bajaraolmaganimizdanmi bu oldimizga qo’yilgan vazifalar o’zining to’liq ko’zda tutilgan natijasini bermadi va soha albatta, islohatlarni talab etdi. Sababi, buning ortida qanchadan-qancha o’qtuvchilar, ota-onalar va ularning farzandlari bor. Har qanday jamiyatda yoshlarning hammasi oliy ma’lumotli bo’la olmaydi. Sababi, bu faqat shu davlatning iqtisodiy qudrati yoki, ta’lim muassasalarning soniga, ularning qabul qilish imkoniyatlariga bog’lik emas, balki, odamlarning potensiali, aqil-zakovati, intellectual qobilyati degan narsalarga ham bog’lik bo’ladi. Mana Prezidentimizning murojatnomasida ayni shu masalaga katta etibor qaratdi. Yurtimizda ochiladigan texnikumlarning, kasb maktablarning, kasb-hunar kolledjlarining sonin aytdi bu albatta, quvonchli. Yana ham ahamiyatli masalalarning biri yilga nom berishda ham ko’ra olamiz. Nima uchun ilim va ma’rifat deymiz? Inson onadan tug’ilganda barcha ilim-bilimni egallab tug’ilmaydi. Ma’lum bir darajada qobilyat bo’lishi mumkin lekin, uning qanchali jamiyatga kerakli inson bo’lib chiqishini o’zi kirib kelayotgan jamiyatda yaratilgan sharoitlarga bog’lik bo’ladi. Shu nuqtaiy nazardan ilim qanday maqsadni ilgari su’radi deganda albatta, jamiyatda yuzaga keladigan barcha muammolarni echishning eng samarali usullarini berishi kerak. –

Ardaq Muratbaeva
ToshPTI Nukus filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qtuvchisi