(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Webometrics xalqaro reyting tizimida ToshPTI Nukus filiali ikkinchi o’ringa ko’tarildi

Written by mednf.uz on .

2020 yil yanvar oyida e’lon qilingan Webometrics xalqaro reyting tizimida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha 2 o‘rinni egallab mamlakatimizning eng namunali oliy o‘quv yurtlari qatoriga kirdi.

 

 

Bugungi kunda mamlakatimizda xalqaro standartlarga mos yosh mutaxasislarni tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. ToshPTI Nukus filiali 10 dan ortiq nufuzli chet el oliygohlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygani bunga birgina misol. Shuningdek, filialda Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya bilan hamkorilda ochilgan xalqaro fakultet, zamonaviy tarzda qad ko’targan Xalqaro yuqori texnologik innovatsion klinika, qo’shma xalqaro ilmiy, magistratura dasturining mavjudligini e’tirof etish zarur.



Shuni ta’kidlab o‘tish joiz Webometrics xalqaro reyting tizimi (Webometrics Ranking of World Universites) Ispaniyada 2004 yil tashkillashtirilgan va bugungi kunda dunyo miqyosida eng taniqli xalqaro mustaqil ilmiy reyting tizim hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarining reyting natijalari, ilmiy ishlari, ilmiy maqolalari, veb-sayt sifati va boshqa mustaqil ko‘rsatgichlar orqali ekspertlar guruhi tomonidan belgilanadi.

- Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinish oson emas. Webometrics - bu demokratiya va ishdagi shaffoflikni baholash, xalqaro nashrlarda va xalqaro reyting jurnallarida chop etilgan ilmiy ishlarimizga berilgan baho. Endi biz ta'lim sifati uchun kurashishimiz kerak ! Bu yana bir ko'rsatkichlar yana bir reyting tizimidir. – deydi filial direktori tibbiyot fanlari doktori, professor Oral Ataniyazova.

Esatib o’tsak, 2019 yil avgust oyida e’lon qilingan Webometrics xalqaro reyting tizimida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha 3 o‘rinni egallagan edi.