(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Qon va uning tarkibidagi bolimlarining donorligi

Written by mednf.uz on .

      Joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Nukus filiali majilislar zalida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2014-yil 27-noyabr kungi «Qon va uning tarkibidagi bolimlarining donorligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi buyicha qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risidagi 324-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va 14-iyun «Xalqaro donorlar kuni» munosabati bilan «Kamolot» YIH boshlang’ich tashkiloti tomonidan tadbir tashkillashtirildi. 

 Tadbirda 227 nafar talabalar  va  Institut  professor  o’qituvchilari  ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida professor uqituvchilar va talabalar orasida beg’araz donorlikni rivojlantirish, donorlikning inson umri uchun foydasi va donorlik sohasida Respublikamizda amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek tadbirda filialning klinik ordinatorlari va talabalar tomonidan tayorlangan bayonatlar orqali tadbir qatnashchilariga donorlik haqida yanada  chuqurroq  ma’lumotlar berildi. Yig’ilishda  talabalar  tomonidan  berilgan  savollarga  soha  mutaxasislari  tomonidan  atroflicha  javoblar  berildi.  

Tadbirda filial direktor o’rinbosarlari, fakultet dekanlari, professor o’qituvchilari,  klinik ordinatorlar va talaba yoshlar qatnashdi.