(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

"Kamolot” stipendiyasi tanlovining sovrindori

Written by mednf.uz on .

 O‘zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining "Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Kamolot” stipendiyasi tanlovini o‘tkazish to‘g‘risi”dagi qaroriga muvofiq Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari (bakalavr, magistr)ga o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi yoki hudud (tuman, shahar, viloyat)da "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini samarali tashkil etishdagi faolligi, tashabbuskorligi, Harakat tomonidan amalga oshirilgan loyihalarda ishtirok etib, faxrli natijalarga erishgan, yoshlarni rahbatlantirish maqsadida "Kamolot” stipendiyasi tanlovi e’lon qilingan.

 

 "Kamolot” stipendiyasi o‘n oy davomida to‘lab boriladigan to‘lov bo‘lib, uning oylik miqdori eng kam ish haqining bir baravari miqdorida belgilanadi.

Agar sovrindorlar keyingi faoliyatini samarali tashkil etib, Harakat faoliyatida uzluksiz ravishda faol ishtirok etib borsa, uning yillik faoliyati respublika komissiyasi tomonidan baholanib, sovrindorga stipendiya to‘lab borish muddati u oliy ta’lim muassasasini tugatgunga qadar uzaytirilishi mumkin. 

Joriy yilda mazkur tanlovga 3 nafar Tosh PTI Nukus filialidan talaba ishtirok etish uchun murojaat qilgan va Respublika komissiyasi tomonidan ishtirolkchilar baholanib 1 nafar talabamiz "Kamolot” stipendiyasi tanlovining sovrindori bo‘ldi. 

Azizlar, bu yilgi stipendiat bilan tanishing:

9. Ong‘arbayev Dawranbek Ong‘arbay o‘g‘li — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali Davolash ishi fakuliteti talabasi.

 

 http://kamolot.uz/2016/01/07/kamolot-stipendiyasi-sohiblari-bilan-tanishing.html