(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Zulfiya Isroilova tavallud kuniga bag’ishlangan «Qizing shoira bo’lsin, Zulfiya bo’lsin» mavzusida talaba qizlar mushoirasi

Written by mednf.uz on .

           Joriy yilning 1 mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali majlislar zalida O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni munosabati bilan filialimizda «Qizing shoira bo’lsin, Zulfiya bo’lsin» mavzusida talaba qizlar mushoirasi adabiy kechasi tashkil etildi. Tadbirda mushoira kechasi mexmoni shoirа G.Davletova, filial fakultet dekanlari, professor o’qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

            Tadbir davomida filial Manaviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari U.K. Xudaybergenova, filial Xotin-qizlar qo’mitasi raisi A.Ermekbaeva, shoira G.Davletovalar  O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimning xayoti va ijodi haqida ma’lumot berib o’tildi, metin iroda va sabr bardoshi, adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo’shgan qissasini hech bir narsa bilan o’lchab bo’lmasligi haqida so’z bo’ldi. Tadbirda adabiy kechamiz mexmoni G.Davletova o’z ijodlaridan o’qib, mushoira kechasiga ko’tarinkilik rux baxsh etdilar. Filial talabalar qizlari tomonidan Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlar o’qib eshittirildi va  Xamid Olimjonning “ Eng gullagan yoshlik chog’imda ” qo’shig’i ijro etildi. Shuningdek, UzDTSI talabasi Mamutov Furqat tomonidan kuylar ijro etildi.