(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Assalomu aleykum aziz Vatandoshlar! Barchangizni Navro’z ayyomi bilan muborakbod etamiz.

Written by mednf.uz on .

navroz     Assalomu aleykum aziz Vatandoshlar! Barchangizni Navro’z ayyomi bilan muborakbod etamiz. Navro’z o’zi bilan birga xalqimizga kuch g’ayrat, xonadonlaringizga fayzu-baraka, oilangizga tinchlik xotirjamlik olib kelsin.  – ToshPTI Nukus filiali jamoati.

        Navro’z bayrami sharq xalqlarining yangi yil boshlanish sanasi hisoblanib, tarixi mingyilliklarga borib taqaladi. Bu bayramda barcha ginalar unutilib, yaqinlar bilan birgalikda bayram dasturxoni yozilib, yaxshi niyatlar bilan sumalak qaynatilib, to’yu-tantana bilan nishonlanadi.

    Mustaqilligimizga erishganimizdan so’ng yurtimizda ko’plab islohotlar olib borildi, shu bilan birga milliyligimiz negizi bo’lgan urf-odatlar, qadriyatlar o’z ahamiyatini tiklab, milliy bayramlarimiz o’zining bor go’zalligi va mohiyati bilan keng tarzda nishonlana boshlandi. Mana 25 yildirki o’zida xalqimizning butun milliy meroslarini, madaniyatini, orzu-umidlarini va qadriyatlarini jo qilgan Navro’z bayrami yurtimizda katta tantana bilan nishonlanadi. Har bir xonadonda milliy taomlar pishirilib, milliy liboslar va milliy kuy-qo’shiqlar bilan kutib olinadi.

Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Navro’z bayrami munosabati bilan aytgan qutlov so’zlaridan bir parcha keltirib o’tsak:

karimov

      “Ishonchim komil, agarki shu kunlarda ko‘pni ko‘rgan, qancha-qancha sinovlarni boshidan kechirgan, yaxshilik va ezgulikni doimo yuragining to‘rida saqlab keladigan, mehr-oqibatli xalqimizdan, sharqona yangi yil kirib kelishi arafasida turib, yangi yilda sizning eng ezgu niyatlaringiz nimalardan iborat, deb so‘rasa, xalqimiz, hech ikkilanmasdan, bizga tinchlik va omonlik kerak, deb javob berishi muqarrar.
   Bunday yakdillikning sababi va ildizlarini avvalo bizning qadimiy tariximiz, ko‘p qirrali buyuk madaniyatimizda, umumbashariy taraqqiyotga o‘chmas hissa qo‘shgan ulug‘ olim va mutafakkirlarimiz qoldirgan bebaho merosda, ona yurtimiz ko‘p zamonlar davomida bilim, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lib kelganida ko‘rish darkor.”
           Bayramni keng tantana bilan nishonlash maqsadida Institutimizda ham tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Institut atrofida hashar va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, institut bog’ida bayram sumalagi qaynatilmoqda.
          Navro’zni katta tantana va bayramona kayfiyat bilan o’tkazish uchun har bir o’qituvchi va har bir talaba faol ishtirok etib, bo’lib o’tadigan bayram yarmarkasi uchun milliy taomlar, milliy liboslar, milliy musiqiy asboblar ko’rgazmasiga qizg’in tayyorgarliklar ko’rilmoqda.
Talabalar ilmiy jamiyati a’zolari esa Navro’z bayramiga bag’ishlangan aksiya o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rishmoqda.

nav

           nav1 nav2