(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

XXI ASR – INTELLEKTUAL AVLOD ASRI» SHIORI OSTIDAGI V RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

Written by mednf.uz on .

 O’zbekiston Respublukasi «Kamolot» yoshlar ijtimoyiy harakati Vasiylik Kengashi majlisining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»

da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda joriy yilning 12-13 yanvar kunlari Toshkent shahrida «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida yosh olim va talabalarning V respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

    Anjuman respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida «Ijtimoiy-gumanitar fanlar», «Tabiyiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» sho’balari asosida olib borildi va hududlarda g’olib deb topilgan 122 nafar yosh iqtidorli olim va talabalar o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar. Anjumanning “Tabiyiy fanlar” sho’basi bo’yicha filialimizning “Talabalar ilmiy jamiyati” a’lochisi, “Anesteziologiya va reanimatologiya” mutaxassisligining 1-bosqich klinik ordinatori Bekniyazov Abdiraxman ishtirok etdi. Mazkur anjumanda “Qoraqalpog’iston respublikasi aholisining gelmintoz bilan kasallanishini o’rganish” nomli ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi, ilmiy ma’ruzalar respublikamizning taniqli akademik va professorlari tomonidan muhokama qilindi va tegishli ko’rsatmalar berildi. 

Anjuman yakunida “Eng yaxshi ilmiy maqola”lar mualliflari tashkilotchilar tomonidan diplomlar va qimmatbaho estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.