(8361)222-84-07

slabo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga yigirma besh yil bayrami munosabati bilan filialimizda uchrashuv o‘tkazildi

Written by mednf.uz on .

fon   Uchrashuvni filial Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Ermekbaeva ochib berdi, shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat madhiyalari yangradi. Direktor o‘rinbosari 2018-yil 9-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga yigirma besh yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv mehmonlari bilan tanishtirdi.

 

   Bundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqoralik ishlar bo‘yicha sudining boshlig‘i A.X.Baymuratov so‘zga chiqib, huquqiy davlat tuzishda Konstitutsiyaning ahamiyatini aytib, yig‘ilish qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida yigirma besh yil avval xalqimiz tarixida katta voqiya yuz berganini, XII-chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i  kengashining XII- sessiyasi mamlakatimizning asosiy qonuni  Konstitutsiyaning qabul qilinganligini aytib o‘tdi. So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari B.S.Nawrizbaev chiqib, har yili bayram sifatida nishonlanib keladigan bu ulug‘ sana bilan birgalikda tarixiy shaxs buyuk sarkarda Amir Temurning tug‘ilgan kuni bilan yig‘ilganlarni tabriklab, Konstitutsiya o‘zining uzoq yillik tarixiga ega ekanligi Temuriylar davrida adolatlikni taminlash maqsadida Temur tuzuklarining amal qilinganligi haqida aytdi. 

tekst1

   Yanada u o‘z so‘zida  Respublikamizda qonunni saqlashda va fuqoralarning erkinliklarini ta’minlashda  Konstitutsiyaning ahamiyati, yaratilish tarixi, uning bandlari, bo‘lim va statyalari, keyin kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida uchrashuv qatnashchilariga tushuntirdi. Asosiy qonunimiz Konstitutsiya rivojlangan demokratiyaviy davlatlarning tarixi va dunyo yuzi tajribalariga asoslanib, xalqaro huquqning umuman tan olingan qoidalariga asoslanib yaratilganligi, shuningdek, yuqori qadriyat sifatida tan olinganligi, «yakka huquq va erkinliklar» bobida inson, uning umri, erkinligi, qadr-qimmati va boshqada ajralmas huquqlari yuqori qadriyat sifatida belgilab qo‘yilganligini aytib o‘tdi. Konstitutsiyamizning iqtisodiy va ijtimoiy sotsial huquqlar, yani  mulk egasi bo’lish, mehnat etish, erkin kasb tanlash, dam olish, bilim olish huquqlari ko‘rsatilganligini  va boshqada Konstitutsiya bo‘yicha ko‘p fikrlarni aytdi.

tekst2

So‘ng ToshPTI Nukus filiali «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi boshlig‘i Ardak Muratbaeva so‘zga chiqdi. Konstitutsiya davlat huquqiy tuzumining asosi sifatida yuqori statusga ega ekanligini, u o‘zining abro’yi va yuridik kuchi ko‘z qarashidan hamma qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlardan yuqori turadiganligini aytdi. Konstitutsiyamizning yaratib bergan imkoniyatlar asosida xalqimiz tarixida avval bo‘lmagan o‘zimizning bayramimizga, gerbimiz va madhiyamizga ega bo‘lish baxtiga erishganimizni maqtanish bilan tilga oldi.  Shundan so‘ng Konstitutsiyamiz yaratib bergan imkoniyatlar negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi da bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida aytib, o‘z so‘zini P.Dabilovning «Qoraqalpog‘iston» nomli qo‘shig‘i bilan yakunladi.