(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

«Tafakkur sinovlari» tanlovida filialimizning «Avicenna» jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Written by mednf.uz on .

taffakurfon Joriy yilning 16 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida «Tafakkur sinovlari» Respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

   Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-5106-son Farmoni, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
    Tanlovni hay’at a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i A.Uteo‘liev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim boshlig‘i D.Babanazarov, Mahalla jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi yoshlar masalasi bo‘yicha boshlig‘i SH.Ibragimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi xalq ijodkorligi va badiy havaskorlikni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi J.Alao‘atdinova va Qoraqalpoq gumanitar ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Q.Turekeevlar odil baholab bordi.

Tanlov Nizom talablariga binoan yuqori saviyada tashkil etildi. Unda jami 6 jamoa:

1. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining «Agronur» jamoasi;
2. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining «Erkinlik qanotlari» jamoasi;
3. Tashkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining «Al-Xorezmiy» jamoasi;
4. O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti Nukus filialining «Tulpor» jamoasi;
5. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining «Avicenna» jamoasi;
6. Nukus davlat pedagogika institutining «Mustaqillik yoshlari» jamoalari ishtirok etdi.

   Tanlovda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining «Erkinlik qanotlari» jamoasi 142,7 ball bilan birinchi o‘rinni, Nukus davlat pedagogika institutining «Mustaqillik yoshlari» jamoasi 137,4 ball bilan ikkinchi o‘rinni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining «Avicenna» jamoasi 136,4 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

taffakkur sinovlari
SHuningdek, tanlovda filialimizning «Avicenna» jamoasi azosi «Davolash va stomotologiya» fakulteti 2 kurs talabasi Reyimbaeva Aysha «Eng faol talaba» nominatsiyasi bilan taqdirlandi.