(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Filialimiz majlislar zalida «30-iyun - YOshlar kuni» munosabati bilan majlis o‘tkazildi

Written by mednf.uz on .

yoshlar kuni fon Majlisni filial ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Ermekbaeva ochib berdi va zalda o‘tirgan barcha talaba-yoshlarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida 30 iyun sanasi mamlakatimizda tarixiy voqea bo‘ldi.

      Prezidentimiz SHavkat Miromonovich tomonidan yoshlar bilan 3,5 soat davomida ochiq muloqot o‘tkazib, shu kuni O‘zbekiston YOshlar ittifoqi tashkil topganligi haqida aytib o‘tdi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi f.i.k A.Muratbaeva so‘zga chiqib, 30 iyun O‘zbekiston yoshlari hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Bir tomondan, endilikda bu kun YOshlar kuni sifatida bayram qilinishi aytilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Hukumat yoshlarga o‘z eshiklarini ochdi. Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa, bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshishi yoshlarni xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligiga aylantirgan. Ular uchun barcha shart-sharoit, imtiyozlar, imkoniyatlar va qulayliklar eshigi keng ochilgan. YOshlarga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Bunga javoban, yoshlarimiz hozirda fan, ta’lim, madaniyat, sport, axborot kommunikatsiya texnologiyalari kabi ko‘plab sohalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotganligi haqida ta’kidlab o‘tdi. SHu ma’noda, muhtaram YUrtboshimizning tashabbuslari bilan 30 iyun – “YOshlar kuni” etib belgilangani yoshlar uchun o‘ziga xos quvonchli bayram bo‘lish bilan birga, ularni yangi, yuksak marralarga chorlovchi, jonajon vatanimizga sadoqatini yanada kuchaytiruvchi beqiyos rag‘bat bo‘ladi deb ta’kidladi.

   Filial talaba-yoshlarining “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovi ishtirokchilari tomonidan 1-shart uchun tayyorlagan chiqishlari namoyishi bo‘lib o‘tdi.

jaslar kuni1

   Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan qo‘shiq va o‘yin zavqlar bilan davom etdi.
O‘chrashuv so‘ngida filial ishlariga faol qatnashgan, ziyrak talaba-yoshlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.