(8361)222-84-07

slabo

  • sla123
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
  • tashpminf5
  • Tashkent pediatriya meditsina instituti No'kis filiali

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo’yicha «Taraqqiyot» respublika tanlovi

Written by mednf.uz on .

tanlov

Joriy yilning 30 may kuni “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3755-sonli Prezident Qarori qabul qilindi.

Hujjatda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida kadrlarning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko’maklashish ko’zda tutilgan. Mazkur qarorga ko’ra Innovatsion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Buyuk kelajak” Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining har uch yilda perspektiv boshqaruv kadrlarini saralash bo’yicha “Taraqqiyot” tanlovini o’tkazish to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.
Tanlov natijalari bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatlarning va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali kadrlari aniqlanib, rag’batlantiriladi. Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan (45 yosh ham qo’shilgan holda) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g’oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to’lanadi. Bunda final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.
Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o’rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Tanlov g’oliblari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka o’tashni o’z ichiga oladigan «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo’yicha Prezident dasturi»ga muvofiq uch oylik kurslarda o’qiydi. So’ng tegishli yo’nalishlar bo’yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.
Tanlov to’rt bosqichda o’tkaziladi:
- tashkiliy bosqich (1-bosqich);
- onlayn tanlov (2-bosqich);
- 1-bosqichdan o’tish (3-bosqich);
- final (4-bosqich).
Ro’yhatdan o’tish jarayoni
1-bosqich - veb-saytda ro’yxatdan o’tish.
Tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan o’zbekiston respublikasi fuqarolari tanlov veb-portalida ro’yxatdan o’tib, ishtirok etishi mumkin.
Veb-portalda ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilar tanlovning o’tkazish qoidalari bilan tanishganligini va roziligini tasdiqlaydi. har bir ishtirokchi bir marta va bitta nominaciya bo’yicha ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
2-bosqich - anketa to’ldirish:
onlayn ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilar tanlovda ishtirok etish uchun anketalarni veb-portalda to’ldiradi.
Tanlov ishtirokchilari o’zlari tomonidan taqdim etilgan anketa qaysi nominaciyaga tegishli bo’lishini mustaqil ravishda belgilaydilar. Anketa ko’rib chiqilayotganda ishchi guruh vakillari nomzodlarga nominaciyani o’zgartirishni tavsiya etish huquqiga egadir. Tanlov ishtirokchilari so’rovnomada belgilangan shakldagi ishonchli ma’lumotni ko’rsatishlari shart. Anketada noto’g’ri ma’lumotni kiritish ishtirokchini tanlovdan chetlatishga sabab bo’lishi mumkin.
3-bosqich - 1-turdan o’tishi
Ishtirokchilarning anketalarini o’rganish hamda ularning aqliy salohiyati (iq-test), psixologik barqarorlik va xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash. Veb-portalda testdan o’tkazish natijalari va saralanganlar ro’yxati e’lon qilinadi. CEFR bo’yicha v2, IELTS bo’yicha 5,5 ball va TOEFL bo’yicha 72 balldan kam bo’lmagan xorijiy tilni bilish darajasi rasmiy tasdiqlanganligi haqidagi amaldagi xalqaro sertifikatlarga ega bo’lgan ishtirokchilar xorijiy tillarni bilish darajasi bo’yicha testlardan ozod qilinadi. Ushbu ishtirokchilarga tanlovda maksimal ball beriladi.
4-bosqich - 2-turdan o’tishi
Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda islohotlardan xabardorlik darajasini aniqlovchi test sinovlarining yakuniy natijalariga asoslanib, o’tish balli belgilanadi. O’tish ballini to’plagan ishtirokchilarga keyingi tanlov turida ishtirok etishi uchun ruxsat beriladi.
Tanlovning veb-portalida keyingi tanlov turida ishtirok etuvchilar ro’yxati, o’tkazish kuni va joyi e’lon qilinadi.
Komissiya xaqida
O’zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. tanlovning xolisona va shaffof o’tkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qo’yiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.